Ijtimoiy tarmoqda “Qamchiq” dovonida transport vositalarining harakati cheklanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
IIV YHXX tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26-27 may kunlarida xalqaro darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tishi va ayrim yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli Toshkent shahridagi ba’zi ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatga transport vositalarining harakati cheklanishi mumkin.
Toshkent shahriga transport vositalarining harakatlanib kirishiga hech qanday cheklovlar yo‘q.


