1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq”da 4 ta mashina yonib ketdi

FVV dastlabki ma'lumotlarni taqdim qildi.

“Qamchiq”da 4 ta mashina yonib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida 3-4 ta avtomashina ishtirokida Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi.

 

Unga ko‘ra, bugun 6-aprel kuni soat 11:10 atrofida "Toshkent – O‘sh" xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv natijasida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan.

 

FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borib, 25 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirishdi. O‘chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan.

 

Soat 12:30 da transport harakati tiklandi. Maʼlumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi vafot etgani aytilmoqda. Shuningdek, hodisa oqibatida 6 kishi jabrlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика