Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G7 davlatlari yetakchilariga Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirish iltimosi bilan murojaat qiladi. Bu haqsa “Reuters” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, “Katta yettilik” yetakchilari uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish imkoniyatlarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, G7 a’zolari Minsk Ukraina yaqinida qo‘shinlarni joylashtirgani uchun Belarusga “ogohlantirish” berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Amerika rahbari o‘z hamkasbiga Kiyevni barcha zarur narsalar bilan, jumladan, ilg‘or havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlashda davom etishga va’da berdi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi fonida Qo‘shma Shtatlar va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyev rejimiga to‘xtovsiz qurol-yarog‘lar yubormoqda va buning uchun o‘nlab milliard dollar ajratmoqda. O‘z navbatida, Moskva Gʻarb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini bir necha bor ta’kidlagan.


