1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq”da bir nechta mashina yonib ketdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar bor.

“Qamchiq”da bir nechta mashina yonib ketdi

 

Kecha, 10-sentabr kuni Qamchiq dovonida bir nechta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

 

Hodisa soat soat 22:46 da “Toshkent–O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yuz bergan. Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bir nechta avtomobillar ishtirokida YTH sodir etgan. To‘qnashuv natijasida ayrim avtomobillar yonib ketgan. 

 

Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 5-7 kishi jarohatlangan. Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj va 1 ta avtoyevakuator yetib borgan hamda yonayotgan mashinalar soat 23:50 da o‘chirilgan. 

 

Shuningdek, qutqaruvchilar tomonidan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yuborilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, shifoxonada yana 1 nafar fuqaro vafot etgan. Hozirda Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun ochiq.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика