1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qamchiqda ip ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Holat bo‘yicha FVV maʼlumot berdi.

Qamchiqda ip ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

 

Bugun, 23-mart kuni Qamchiq dovonida yuk avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

 

Holat soat 16:55 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 255-kilometrida yuz bergan. Vodiy-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan, kalava ip ortilgan IVEKO rusumli yuk mashinasining kabinasida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab yong‘in kelib chiqqan.

 

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni bartaraf etishgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика