1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qamchiqda neft mahsuloti ortilgan mashina ag‘darilib ketdi

Holat bo‘yicha FVV maʼlumot berdi.

Qamchiqda neft mahsuloti ortilgan mashina ag‘darilib ketdi

 

Bugun, 21-mart kuni Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismidan o‘tgan 198-kilometrida MAN rusumli neft mahsulotlari ortilgan yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yong‘in yuz bermagan.

 

Zudlik bilan voqea joyiga FVVning 3 ta maxsus texnikasi yetib borib, YPX xodimlari hamkorligida hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика