Bugun, 21-aprel kuni soat 15:30 da “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvet) kabina qismi bilan tushib qolgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda maxsus texnikalar yordamida yuk avtomashinasini handaqdan chiqarib olgan.


