1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq”da yuk mashinasi YTHga uchradi

Hodisaga haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

“Qamchiq”da yuk mashinasi YTHga uchradi

 

Bugun, 8-aprel kuni “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

 

Hodisa soat 19:50 da A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismidan o‘tgan 258-kilometrida yuz bergan. Toshkent–vodiy yo‘nalishida harakatlangan Mercedes-Benz haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida YTHga uchragan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirgan. Hodisa sababli tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Hozirda dovon yo‘lida ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика