1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qancha afg‘on qochqini vataniga qaytdi?

Afg‘onistonning qochqinlar bo‘yicha masʼul vazirligi bu to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Qancha afg‘on qochqini vataniga qaytdi?

So‘nggi olti oyda yarim milliondan ortiq afg‘onlar vataniga qaytib keldi.

Bu haqda Khaama axborot agentligi xabar berdi.

 

“Tolibon” hukumatidagi qochqinlar va repatriatsiya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, oxirgi yarim yil ichida 550 ming qochqin Afg‘onistonga qaytgan. Shunday bo‘lsa-da, xorijda 7 million afg‘onistonlik qochqin borligi maʼlum qilingan.

 

Shuningdek, vazirlik mamlakat ichida yashash joyini o‘zgartirishga majbur aholi sonini ham keltirgan. Jumladan, Afg‘onistondagi notinch siyosiy vaziyat va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 3 million kishi ichki qochqinga aylangan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2021 yil avgust oyida “Tolibon” Afg‘onistonda markaziy hokimiyatni egalladi. Shunday keyin millionlab afg‘onlar mamlakatni tark etgan. Ularning aksariyati Eron va Pokistonda to‘plangan. Yana bir qismi G‘arb davlatlariga evakuatsiya qilindi.

 

Avvalroq Pokiston bosh vaziri nima uchun “Tolibon” hokimiyatini tan olmasligini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика