1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Qancha kerak bo‘lsa, shuncha yordam beramiz”

Kanada Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

“Qancha kerak bo‘lsa, shuncha yordam beramiz”

 

Kanada mudofaa vaziri Anita Anand Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam partiyasi yuborilganini maʼlum qildi.

 

“Kanadaning navbatdagi harbiy yordami Ukrainaga yo‘l oldi. Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deb yozadi Anand.

 

Shuningdek, u Ukrainaning An-124 yuk samolyotiga zirhli qutqaruv mashinalari yuklangani aks etgan videoni ham joylashtirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada Ukrainaga Leopard-2 partiyasini jo‘natgani xabar qilingandi. Bungacha Anita Anand Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi taqdim etilishini eʼlon qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика