Ukraina aholisining 15 foizi o‘z yashash joyini tark etgan. Bu haqda migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot vakili Varvara Jluktenko maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 6.6 million ukrainalik boshqa davlatlarga chiqib ketgan yoki uyini tark etgan. Iyun oxiri bilan solishtirganda ularning soni 300 mingga ko‘paygan. Odamlar asosan Ukraina janubi, shimoli va sharqidan qochmoqda.
Shu bilan birga bundan oldin mamlakatni tark etgan 5.5 million aholining 16 foizi ortga qaytgan. Bunga asosiy sabab ish topish muammosi sabab bo‘lgan.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot maʼlumotlariga asosan, yashash joyini tark etganlarning 60 foizi doimiy ishidan ayrilgan. Ichki qochqinlarning har o‘ninchisi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon hech qanday daromadga ega emasligini aniqlangan.
Avvalroq Ukraina armiyasi katta yo‘qotishlarga uchragani tan olingandi.


