Qandahorda qonli terakt: yana shia masjidi portlatildi

Afg‘onistonning Qandahor shahrida terakt sodir etildi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

Qandahorda qonli terakt: yana shia masjidi portlatildi

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, portlash shahardagi shia masjidlaridan birida sodir etilgan. Gap Qandahordagi Imom–Bargoh masjidi haqida ketmoqda. Bu terakt ham o‘tgan jumada Qunduzdagi kabi, juma namozi paytida amalga oshirilgan. Terrorchi-hudkush ibodat payti o‘zini o‘zi portlatib yuborgan. Hodisa oqibatida hozirda 7 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

 

Katta ehtimol bilan bu terakt ham ISHID tomonidan sodir etilgan.

 

O‘tgan juma kuni Qunduz shahrida ham xuddi shunday portlash yuz bergan edi.  Uning oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortig‘i jarohatlangan. Teraktga javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi.

 

Avvalroq Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ajratgan gumanitar yordami yetib kelgani hamda “Tolibon” Afg‘onistonda ISHID xavfi mavjud emasligini aytgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика