1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun ortopedik poyabzal ixtiro qilindi

Diabetik oyoq sindromi bilan og‘rigan bemorlarga qulay poyabzal kiyib yurish juda muhim.

Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun ortopedik poyabzal ixtiro qilindi

 

Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro mualliflariga “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, IAP 06611 raqamli patent berildi

 

Qandli diabet bugungi kunda eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ushbu kasallik bilan bemorning oyog‘ida qon aylanishi buziladi. Sezgirlik yo‘qoladi, to‘qimalar o‘ladi, qon tomirlari taʼsirlanadi, osteoartropatiya tufayli oyoq deformatsiyasi paydo bo‘ladi va og‘riq sezish imkoni bo‘lmagan izlar paydo bo‘ladi.

 

Qandli diabet bilan kasallangan bemorning oyog‘i alohida eʼtibor talab qiladi. Oyoqda yoriqlar va hatto minimal shilinmalar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki bunday bemorlarda yaralar bitishi juda qiyin kechadi. Bu esa gangrenaga va oyoq-qo‘llarning amputatsiyasiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, diabetik oyoq sindromi bilan og‘rigan bemorlarda terining sezgirligi buziladi va ular oyoq kiyimga toshcha kirishi yoki tasodifan kirgan begona narsalarni sezmaslik ehtimoli ham yo‘q emas.

 

Diabetik oyoq sindromi bilan og‘rigan bemorlarning asosiy vazifasi — oyoq terisini har kuni mukammal holatda kuzatib borish va saqlashdir. Shu sababli ularga qulay poyabzal kiyib yurish juda muhim.

 

 

Ixtironing maqsadi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun oyoq kiyimlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, boshqa shu kabi analoglardan farqi ulardagi kamchiliklarni to‘ldirgan holda oyoqdagi yukning bir xil taqsimlanishini taʼminlash, oyoqlarning shikastlanishini maksimal darajada kamaytirishdan iborat.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика