9 milliard so'mdan ortiq noqonuniy tovarlar aylanmasining oldi olindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o‘tkazildi.

9 milliard so'mdan ortiq noqonuniy tovarlar aylanmasining oldi olindi

 

 

Tadbir davomida xorijdan temir yo‘l konteynerida keltirilgan yuklar belgilangan tartibda tekshirildi.

 

Natijada konteynerdagi yuklar orasida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan 5300 dona soyabon, 251 mingdan ziyod fonar, 3.5 million dona bolalar uchun shar hamda 10 ming 900 dona led chiroqlari borligi aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, ushbu  tovarlarning umumiy qiymati salkam 9.1 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Ularni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish orqali yuk egalari davlat byudjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 2.8 milliard so‘mlik bojxona to‘lovini o‘z foydasiga “o‘mar”moqchi bo‘lgan.

 

 Hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Namanganda noqonuniy olib o‘tilayotgan matolar aniqlangani va hujjatlarda ko‘rsatilmagan 258 million so‘mlik tovarlar fosh etilgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, 153 milliard so‘mlik noqonuniy olib kirilgan parfyumeriya vositalari aniqlangandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика