1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qarshi aeroportida yo’lovchilarning yuklari perronda tarqatilyapti

“Uzbekistan airports” yo’lovchilarning noroziligidan so’ng rasmiy izoh berdi.

Qarshi aeroportida yo’lovchilarning yuklari perronda tarqatilyapti

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi aeroporti xodimlari tomonidan yo‘lovchilar bagajlarini yuk mashinasining orqa qismidan turib perronda (aeroport ichki hududi) tarqatatilayotgani aks etgan video tarqaldi. Yo‘lovchilar ushbu holat bo‘yicha o‘z noroziliklarini bildirishgan. Holat yuzasidan “Uzbekistan airports” rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, ayni paytda Qarshi aeroportida uchib ketish va uchib kelish zallarini kengaytirish, xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarini alohida faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

 

“Shu sababli terminalda qurilish ishlari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Hozirda aeroport, boshqaruv kompaniyasi bilan birgalikda bunday hodisalarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика