1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qarshi hokimining o‘ziga 75 mln ajratish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu hujjat qonunga zid tarzda qabul qilingan.

Qarshi hokimining o‘ziga 75 mln ajratish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi

 

Avvalroq Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev o‘zini rag‘batlantirish uchun 75 million so‘m mablag‘ ajratish haqida qaror chiqargani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, Qarshi shahar hokimining qarori amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga zid tarzda qabul qilingan. Agentlik tomonidan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan.

 

Taqdimnomaga asosan, Qashqadaryo viloyat hokimining 2023 yil 19 sentyabr kungi qarori bilan Qarshi shahar hokimining ushbu qarori bekor qilingan.

 

“Mazkur holatda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga tegishli qonuniy chora ko‘rish uchun Agentlik tomonidan to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuborildi”, — deyiladi agentlik axborotida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика