Qarshi xalqaro aeroportining aerovokzal kompleksida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Dastlabki bosqichda tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan zal kengaytirilib, aerovokzalning yo‘lovchilar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 yo‘lovchidan 400 nafar yo‘lovchiga oshirish maqsad qilingan.
Aerovokzal ikkinchi qavatining jo‘nab ketuvchi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallab qayta rekonstruksiya qilinishi natijasida kompleksdagi yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish ustunlari soni hozirgi 3 tadan 10 taga oshiriladi.
Xususan, zamonaviy bagaj taqsimlovchi lentalar, elektron tarozilar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatiladi.


