Bugun, 31 may kuni Qarshi shahri “Komilon” MFYdagi xonadonlarning biridan fuqaro L.A. ning (erkak, 1995 y.t.) jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan shu kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan O.D.ga (2004 y.t.) nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


