1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qarshida 19 yashar yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelganiga qaramay unga nisbatan jinoiy ish ochilmadi

Qarshi shahar Qavali mahallasida istiqomat qiluvchi 2003 yilda tug‘ilgan qiz J.Sh. ko‘p miqdorida dori isteʼmol qilib, o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda “Nasafnews” xabar qildi.

Qarshida 19 yashar yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelganiga qaramay unga nisbatan jinoiy ish ochilmadi

 

 

Yarim tunda dori ichgan qizning otasi ertalab uni hushsiz holda topgan va shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordam tufayli qizning hayoti saqlab qolingan. Hozirda qiz behush ahvolda. Qizning yaqinlarining aytishicha, bunday holat birinchi marta kuzatilmagan. Avvalroq qiz o‘zini osib, joniga qasd qilishga uringan.

Qayd etilishicha, 2020 yil oktyabr oyida 2002 yilda tug‘ilgan yigit Q.Sh.ning qarindoshini uyiga borgani, u yerda yigit uning nomusiga tekkani, uyqu dori berib majburlagani va uyatsiz holatda suratga tushirib olganini aytgan.

“O‘sha kuni bir ahvolda uyga qaytdim. Oradan vaqtlar o‘tgandan keyin, yigit yana menga qo‘ng‘iroq qildi va turli smslarni yozdi. U telefonida mening yalong‘och suratlarim borligini, agar yana jinsiy aloqa qilmasam bu suratlarni ota-onamga va qarindoshlarimga ko‘rsatishini aytdi. Rasmlarni o‘ziga qurol qilib oldi. Keyinchalik suratlarimni tarqatib yuborishidan qo‘rqib, u bilan 2 yoki 3 marta jinsiy aloqa qilishga majbur bo‘ldim», — degan qiz muxbir bilan suhbatda.

Qizning qo‘shimcha qilishicha, yigit u bilan g‘ayritabiiy usullar orqali jinsiy aloqada bo‘lib, turli joylariga jarohat yetkazgan.

Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, holatga oydinlik kiritish maqsadida Sh.J.ga nisbatan bir necha bor sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, ekspertiza xulosalari olingan.

Tergovga qadar tekshirish natijasiga ko‘ra, Tergov boshqarmasi surishtiruvchisi tomonidan Sh.Q.ning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilib, to‘plangan hujjatlarga asosan, JPKning 83-moddasi 2-bandi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va natijasi arizachi M.Sh.ga aloqa xati orqali yozma maʼlum qilingan.

Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 11 sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgan haqida xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика