Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi xavfli chorrahada Neksiya va Lasetti rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 26-iyun kuni soat 12:00 atrofida Qarshi shahridagi “Bog‘obod” MFY hududida yuz bergan. Haydovchi S. O‘. Neksiya avtomashinasida harakatlanib kelib, “Sharshara” choyxonasi oldidagi chorrahada qarama-qarshi yo‘nalishdagi Q. B. boshqaruvida bo‘lgan Gentra bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


