Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 24 tup daraxt noqonuniy kesilgani bo‘yicha xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Qarshi shahar “A. Navoiy” MFY “Gulmachit” ko‘chasida yashovchi fuqaro O. V. tomonidan sodir etilgan. Fuqaro noqonuniy ravishda hech qanday ruxsat olmasdan o‘zboshimcha tarzda 22 dona Eldor qarag‘ayi hamda 2 dona Terak daraxtlarini kesgan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, 3 mln jarima qullangan. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 156 mln so‘m hisoblanib, huquqni muhofaza qilish organlariga o‘tkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.


