1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qarshida fuqarolarni aldagan shaxs qo'lga olindi

U qisqa muddatda avtosalondan avtomashina olib berishni vada qilgan.

Qarshida fuqarolarni aldagan shaxs qo'lga olindi

 

Qarshi shahrida fuqarolarga avtomashina olib berishni va’da qilib, ularning 22 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Yu. fuqarolarga avtosalondan shartnoma asosida qisqa muddatda avtomashina olib berishini aytib, 2 nafar fuqaroga “Cobalt” va “Malibu” rusumli avtotransport vositalarini olib berishi evaziga ularning jami 22 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика