1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qarshida ijarada turgan qizning jasadi hammomdan topildi

Marhuma 2005-yildа tug‘ilgan.

Qarshida ijarada turgan qizning jasadi hammomdan topildi

 

Joriy yilning 20-noyabr kuni Qarshi shahri Mahallot mahallasi Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan qiz vafot etdi. Bu haqda “Nasafnews” xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2005-yilda tug‘ilgan qizning jasadi hammomdan topilgan. U is gazidan zaharlangani aytilmoqda.

 

Marhuma Koson tumanida istiqomat qilgan. Qarshi shahridagi o‘quv markazida tahsil olish uchun Mahallot mahallasidagi xonadonda ijarada yashagan.

 

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xabar qilishicha, hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика