Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, Qarshi shahrida “M.S.” va “I.H.” MCHJ taʼsischisi J.T. shahar Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, Nasaf ko‘chasida ko‘cha chiroqlarni o‘rnatishda rasmiy hujjatlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 1,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi
Shuningdek, gumonlanuvchilar 1,8 mlrd so‘m soliqlarni ham to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


