1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qarshida qarzini qaytarmagan yigit “samosud” qilindi

Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi.

Qarshida qarzini qaytarmagan yigit “samosud” qilindi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Nexia-2 rusumli avtomashinada bir guruh shaxslar bir nafar fuqaroni “samosud” qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Bunga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Aniqlanishicha, shaharning “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi fuqaro S. tanishi A.dan qarz olib, pulini qaytarmasdan kelgan. Oqibatda qarz bergan fuqaro iyun oyi o‘rtalarida ikki nafar tanishi bilan fuqaro S.ni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uni kaltaklagan va holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика