1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Reyd davomida jinoyatda gumonlanayotgan erkak huquq-tartibot xodimlariga pora taklif qilgan.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

 


Qarshi shahrida o‘tkazilgan maxsus reyd natijasida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlangan. Ushbu fohishaxonani bir ayol va bir erkak tashkil etgani ma’lum bo‘ldi.


Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatda gumonlanayotgan 1995 yilda tug‘ilgan erkak javobgarlikdan qochish maqsadida huquq-tartibot xodimlariga bir necha bor 2 ming dollar miqdorida pora taklif qilgan. U ogohlantirishlarga qaramay bu harakatini davom ettirgan.


Maxsus tadbir vaqtida u poraning bir qismi va ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Unga nisbatan qo‘shimcha jinoyat ishi ham ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика