1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qarshilik haydovchilar “remen” masalasida norozilik bildirishdi

Ular xavfsizlik kamaridan foydalanish bo‘yicha qayd etilgan qoidabuzarliklarni bekor qilishni so‘ragan.

Qarshilik haydovchilar “remen” masalasida norozilik bildirishdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida taksi haydovchilari kamar masalasi bo‘yicha yig‘ilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan YHXX rasmiy munosabat bildirdi.


Qayd etilishicha, bugun, 26 may kuni Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasidagi Transport kolleji ro‘parasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taksi haydovchilari xavfsizlik kamari masalasida norozilik bildirib chiqishgan. Ular xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga amal qilmasdan sodir etgan qoidabuzarliklarini bekor qilishni so‘rab mas’ullarga murojaat qilgan. 


“2022 yil 14 may kuni Islom Karimov ko‘chasida “Lochin ko’z-Q” dasturi asosida kameralar o‘rnatilib, ular orqali xavfsizlik kamari qoidabuzarliklarini aniqlash ishga tushirilganligi to‘g‘risida Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining rasmiy sahifasi hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot berilgan”, — deyiladi xabarda. 


Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 9-bandiga yangi norma kiritilgan bo‘lib, unda “Konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarini taqib olishlari shart”ligi belgilangan.


“Yangi taxrirdagi yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy maqsadi avtomobil yo‘llarida sodir bo‘layotgan og‘ir turdagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga, fuqarolarmizning sog‘lig‘i hamda hayotini asrashga, yo‘l-transport hodisalarining og‘irlik darajasini kamaytirishga qaratilgan”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика