1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryo va Toshkentda 20 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Gumonlanuvchi internet orqali faoliyat yurituvchi narkodo‘konda “omborchi” sifatida ishlab, giyohvandlik vositalarini turli hududlarga tarqatish bilan shug‘ullangan.

Qashqadaryo va Toshkentda 20 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi

 

 

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona hamda ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 20,2 kilogramm giyohvandlik moddasi musodara qilindi. Ushbu operatsiyalar natijasida noqonuniy narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Zamon.uz ga DXX ma'lum qildi.

 

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tadbirda 1984-yilda tug‘ilgan Toshkent shahri fuqarosi dala hududiga yashirib ketilgan 4 kilogramm 935 gramm “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasini olayotgan vaqtda ushlandi. Aniqlanishicha, u internet orqali faoliyat yurituvchi narkodo‘konda “omborchi” sifatida ishlab, giyohvandlik vositalarini turli hududlarga tarqatish bilan shug‘ullangan.

 

Shuningdek, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1981-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidan 9 kilogramm 829 gramm “gashish” moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Ushbu shaxs ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangani aniqlangan.

 

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida esa 1959-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 4 kilogramm 652 gramm “opiy”, 380 gramm “gashish” va 492 gramm “marixuana” saqlanayotgani aniqlangan. Mazkur moddalar noqonuniy savdo qilish maqsadida saqlangan. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика