1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryo hokimi qarori bilan 134 nafar talaba xotin-qizning kontrakt puli to‘lab berildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

Qashqadaryo hokimi qarori bilan 134 nafar talaba xotin-qizning kontrakt puli to‘lab berildi

 

Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar farzandlari bo‘lgan talaba qizlarning oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan imzolangan qaror talaba qizlarning ta’lim olishiga keng imkoniyat yaratishga qaratilgan.

 

Qarorga ko‘ra, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, yetim yoki ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj oilalarda voyaga yetgan 134 nafar talaba qizning oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi uchun to‘lov-shartnoma pullari qoplab beriladi.

 

Mazkur maqsadlar uchun viloyat byudjetidan qariyb 1 milliard 128 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu yordam talaba qizlarning o‘qishni davom ettirishi va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

 

Ta’kidlanishicha, bunday tashabbuslar hududda xotin-qizlarning bilim olishi, ijtimoiy faolligini oshirish va teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика