1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda 65 yoshli abituriyent talaba bo‘ldi

Avvalroq DTM mandat natijalari e’lon qilingandi.

Qashqadaryoda 65 yoshli abituriyent talaba bo‘ldi

 

Mirishkor tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Arabboy Xosiyatov 65 yoshda talaba bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Arabboy Xosiyatov Chirchiq davlat pedagogika institutining ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari) yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27-avgust kuni joriy o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика