1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qashqadaryoda aqidaparastlik materiallarini tarqatgan yigit 6 yilga qamaldi

Ayblanuvchi Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan davrida ekstremistik oqimlar g‘oyaviy rahnamolarining ta`siriga tushib qolgan.

Qashqadaryoda aqidaparastlik materiallarini tarqatgan yigit 6 yilga qamaldi

 

Qashqadaryoda aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatgan yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar bermoqda UzA.

 

Aniqlanishicha, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro 2019-2022-yillarda Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan davrida internet orqali terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmo‘min va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga, islomiy davlat qurishga chorlovchi maʼruzalari taʼsiriga tushib qoladi. Shundan so‘ng u Instagramʼda aqidaparastlik materiallarni tarqata boshlagan. 


Shuningdek, u Telegramda ham “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti vakillari bilan aloqa o‘rnatib, tashkilot g‘oyalari singdirilgan va amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga xizmat qiluvchi materiallarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, u YouTube orqali ham “Hizb ut-Tahrir”ning targ‘ibotchisi bilan bog‘lanib, uning faoliyatini faollashtirish uchun bank ilovasi orqali pul mablag‘i yuborgani ham aniqlanadi.

 

Qayd etilishicha, ayblanuvchi O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u g‘ayriqonuniy harakatlarini davom ettiradi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. 

 

Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan mazkur shaxs aybli deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика