1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda “Cobalt” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Haydovchi boshqa mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Qashqadaryoda “Cobalt” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, piyodani urib yubordi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi harakatlanish vaqtida boshqa mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada piyodani urib yuborgan.

 

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa 14-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Oqibatda jabrlangan fuqaro turli tan jarohatlari olib, Kitob tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

 

Holat yuzasidan tegishli modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisaning sabablari va haydovchining harakatlari yuzasidan ekspertiza tayinlangan.

 

Avvalroq Andijon viloyatida “Nexia” haydovchisi piyodalar o‘tish joyida ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика