Xitoyda bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya "Jac Mators" kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan anʼanaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bordi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar ketmoqda. Davlat rahbari tomonidan viloyat hokimligi uchun Qarshi shahrida anaʼnaviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirig‘i berilgan.
Qayd etilishicha, Qashqadaryoda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilib, Xitoyga tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.


