1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda erkak attraksiondan yiqilib tushdi

Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Qashqadaryoda erkak attraksiondan yiqilib tushdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida erkak istirohat bog‘idagi attraksiondan tushib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Holat 8 may kuni soat 19:30 larda Nuriston shaharchasidagi istirohat bog‘ida yuz bergan. Nishon tumani “Nurchi” yashovchi fuqaro U.N. o‘rtoqlari bilan “Drakon” attraksionida uchayotgan vaqtda ro‘parasidagi o‘rindiqqa o‘tish uchun joyidan turgan va ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tushgan.

 

Oqibatda U.N.ning o‘ng qo‘li sinib, Nishon tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Fuqaro shifoxonada davo muolajalari olib, uyiga chiqib ketgan.  

 

Hozirda holat yuzasidan Nishon tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика