Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi. Maʼlum bo‘lishicha, Chiroqchi tuman ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga 25 avgust kuni Tarag‘ay mahallasida qotillik yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. Tezkor guruh voqea joyiga yetib borib, holatni o‘rganganda 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 atrofida A.B. ismli erkak uyiga kelgani, uyda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda bo‘lgan o‘g‘li bilan tortishib qolib, temir bo‘lagi bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, o‘g‘il 25 avgust soat 03:00 atrofida yashash uyida vafot etgan.
Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Navoiy shahrida mast uka akasini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.


