Bugun jtimoiy tarmoqda Qarshi tumanida "MAN" rusumli yuk avtomashinasi yonib ketganligi haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26-dekabr kuni soat 08:55 larda Chiroqchi tumani hududidan o‘tuvchi halqaro ahamiyatga ega A-380 avtomobil yo‘lining 45-kilometrida “MAN” rusumli yuk avtomashinasi harakatlanish jarayonida avtomobilning orqa chap shinasidan kelib chiqqan yong‘in natijasida avtomoshina saloni va kuzov qismlari to‘liq yonib ketgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda "MAN" rusumli yuk avtomashinasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


