Bugun, 28-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida fuqaro o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:40 atrofida haydovchi J.R. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasida 4R-79 “Qarshi-Shahrisabz” yo’lining Qamashi tumani Qo’shkapa mahallasidan o’tgan 43-kilometrida Shahrisabz shahri tomon harakatlanib kelayotgan haydovchi P.J. boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomashina qatnov qismiga chiqib ketishi natijasida bir-biriga urilgan.
Hodisa oqibatida Lacetti yonib ketgan va uning haydovchisi J.R. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


