1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda muxbirlar firibgarlikda ayblanib jazoga tortildi

Jinoyat kodeksiga muvofiq, ular 1 yil davomida davlat ishtirokidagi OAVda ishlash huquqidan mahrum etilgan.

Qashqadaryoda muxbirlar firibgarlikda ayblanib jazoga tortildi

“Aspekt 24” axborot agentligining ikki nafar maxsus muxbiri firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib sud hukmi bilan javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudi 2025 yil 4 noyabr kuni chiqargan hukmiga ko‘ra, A.A. (1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 168-moddasi 3-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Shuningdek, I.E. (2004 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 28 va 168-moddalari 3-qismi “b”, “v” bandlari bo‘yicha aybli deb topilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, A.A.ga 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. I.E.ga esa 3 yillik jazo belgilangan bo‘lib, Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan uning 1 yil-u 4 oy 12 kuni axloq tuzatish ishlari sifatida o‘tash qoldirilgan. Shuningdek, har ikki shaxs Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq, 1 yil davomida davlat ishtirokidagi OAVda ishlash huquqidan mahrum etilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, birinchi instansiya sudi hukmi allaqachon qonuniy kuchga kirgan. Taraflar belgilangan tartibda ushbu hukm ustidan Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya shikoyati yoki protest kiritish huquqiga ega. Avvalroq Surxondaryoda Sariosiyo tumani hokimining o‘rinbosari ham ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика