Qashqadaryo viloyatida 11-avgust kuni Neksiya urib yuborishi oqibatida bir nafar fuqaro shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Gʻuzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 15:05 da Nishon tumanida yashovchi fuqaro M. J boshqaruvidagi Neksiya A-380 avtomobil yo‘li orqali Qarshi shahri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida “Yangikent” MFYda yashovchi fuqaro R. Sni urib yuborgan.
Fuqaro tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tishga uringan va oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Piyoda R. S shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Shundan so‘ng tuman IIB va mutasaddi tashkilotlar tomonidan YTH sodir bo‘lgan joy va yo‘lning serqatnov qismlariga piyodalar o‘tish yo‘l belgisi chizilgan.


