Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlarlararo sudining buyrug‘iga asosan, qarzdor A.B. 2023 yilda tug‘ilgan farzandining moddiy taʼminoti uchun har oylik daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment to‘lab borishi belgilangan edi.
Ijro hujjati Byuroning Shahrisabz shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach tegishli tartibda qarzdorning mamlakat hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor fuqaro Byuro xodimlariga xorijga chiqmoqchi ekanligi bildirdi. Davlat ijrochisi tomonidan berilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida, qarzdor A.B. undiruvchi taraf bilan kelishgan holda aliment va moddiy taʼminot uchun jami 164 mln so‘m mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi.
To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng joriy yilning 25 noyabr ijro hujjati amalda tamomlanib, fuqaroning xorijga chiqishiga nisbatan qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.


