1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda yashirin sexlar fosh bo‘ldi

Ularda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilgan.

Qashqadaryoda yashirin sexlar fosh bo‘ldi

Kasbi, Qarshi va Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu hududlarda yashovchi fuqaro S.R., J.o. va U.Q.lar o‘z uylarining yordamchi xonalarida tashkil etgan yashirin sexda yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan. Tadbir jarayonida 332 litr isteʼmolga yaroqsiz yog‘, 1 560 kg chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика