1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryodagi gaz “zapravka” portlashida 4 kishi halok bo‘ldi. Yana 24 nafar odam shifoxonada

Jarohatlanganlarning 4 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Qashqadaryodagi gaz “zapravka” portlashida 4 kishi halok bo‘ldi. Yana 24 nafar odam shifoxonada

Bugun, 16 iyul kuni soat 14:40larda Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFY hududida joylashgan gaz to‘ldirish stansiyasida portlash sodir bo‘lib, katta yong‘in kelib chiqdi.

 

FVV xabariga ko‘ra, gaz to‘ldirish stansiyasida ro‘y bergan portlash oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.

 

Zamon.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, yana 24 nafar odam tuman shifoxonasiga tan jarohatlari bilan yotqizilgan. Ularning 4 nafari o‘ta og‘ir, 6 nafari esa og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

 

Hozirda portlash va yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика