Bu haqda huquq himoyachisi Аbdurahmon Tashanov xabar eʼlon qildi.
Uning aytishicha, Qarshi yaqinidagi Shayxali posyolkasi 35-sonli manzil koloniyada 19 yashar mahkum J.D. oʼz joniga qasd qilibdi. Hayratlanarlisi, uning lezviya bilan tomirlarini ochayotganini qamoqxona xodimlari shaxsiy telefoniga videoga olib turgan. Ustidan kulib, izza qilishgan.
Soʼng yigitni izolyatorga qamashibdi, zonaga qaytarishmoqchi ekan. Bu hodisadan Qashqadaryo maxsus prokurorining gʼazabi qoʼzgʼab, xodimlarga ish qoʼzgʼatgan. Tergov harakatlari boshlandi. Ombudsmanning mahalliy vakillari ham keldi, dedi voqea guvohlaridan biri», – deb yozmoqda Аbdurahmon Tashanov.
Eslatib oʼtamiz, avvalroq Ekvadorda 21 nafar mahbus oʼldirilgani hamda Surxondaryoda 19 yilga qamalgan mahbusni 70 ming dollarga evaziga qamoqdan chiqarib bermoqchi boʼlgan shaxsning qoʼlga olingani haqida xabar berilgandi.


