1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryolik erkak eshaklarni nima uchun kaltaklaganini aytdi

Ma’lum qilinishicha, voqea 2021 yilning avgust oyida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryolik erkak eshaklarni nima uchun kaltaklaganini aytdi

 

Ijtimoiy tarmoqda qashqadaryolik ota va o‘g‘il 3 eshakni tayoq bilan kaltaklagani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Erkak sud majlisida eshaklarni nega kaltaklaganini tushuntirdi.

 

Ta’kidlanishicha, voqea 2021-yil 20-avgust kuni sodir bo‘lgan. O‘sha paytlar hududda suv juda tanqis bo‘lgani sababli chelaklab suv tashilib, yerlar sug‘orilgan. Eshaklar esa shu yerni payhon qilgan.

 

“Avgust oyida karantin vaqti suv juda tanqis edi, chelaklab sug‘orar edik. Mevali, manzarali daraxtlar ekkandik, komandirlar kecha borib ko‘rdi. Bu joyda bolalarim juda qattiq mehnat qilgan. Eshaklar yerni payhon qilgan. Achchig‘im chiqqanidan urib yuborganman. Ularni mayib qilib, biror yeridan qon chiqarganim yo‘q”, — degan Ilyos Alisherov.

 

Avvalroq eshaklarni kaltaklagan erkak 12 sutkaga qamalgani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика