1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Qatar amirining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

Qatar amirining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning davlat tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunida Shavkat Mirziyoyev va amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy xayrlashdilar.

 

Maʼlumot uchun, 5-iyun kuni davlat rahbarlari Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Shuningdek, bugun ikkala davlat yetakchilari samarali muzokaralar o‘tkazib, ularda ko‘p qirrali hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar, ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib olindi.

 

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика