1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Qatardagi Jahon chempionati stadioniga alkogol olib kirish taqiqilanadi

Arab davlati Mundial tufayli o‘z qoidalarini o‘zgartirmaydi.

Qatardagi Jahon chempionati stadioniga alkogol olib kirish taqiqilanadi

 

Pivo yoki boshqa spirtli ichimliklar bilan futbol tomosha qilishni afzal ko‘rgan muxlislar qiyin tanlov oldida qoldi. Qatardagi jahon chempionati tashkilotchilari stadionga alkogol olib kirishni taqiqladi. 

 

Mamlakatda jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan, spirtli ichimliklarni faqat ma’lum mehmonxonalar va klublarda sotib olish mumkin. Shu sababli 2022-yilgi jahon chempionatida ham spirtli ichimliklar bilan futbol maydoniga kiritilmaydi.

 

Biroq Qatarda muxlislarga stadionlar yaqinidagi alohida fan-zonalarda pivo sotib olish va iste’mol qilishga ruxsat berildi.

 

Ta’kidlash joizki, tashkilotchilar katta moliyaviy yo‘qotishlarga qaramay, taqiqni davom ettirishdi. Jahon chempionati paytida spirtli ichimliklar sotish eng katta daromad keltiruvchi manba hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022  21-noyabrdan 18-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика