1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Qatardagi JCHda FIFA muxlislarga nisbatan birinchi intizomiy ish ochdi

Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

Qatardagi JCHda FIFA muxlislarga nisbatan birinchi intizomiy ish ochdi

 

Associated Press xabariga ko‘ra, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida birinchi intizomiy ish ochdi. Bunga Qatar terma jamoasi bilan turnirning ochilish o‘yini chog‘ida Ekvador terma jamoasi muxlislarining kamsituvchi hayqiriqlari sabab bo‘lgan.

 

Ekvador terma jamoasi yakshanba kuni “El-Bayt” stadionida Qatar terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shundan so‘ng, FIFA muxlislarning hayqiriqlari tufayli Ekvador terma jamoasiga qarshi ayblovlar qo‘ydi va o‘z tartib-intizom kodeksining diskriminatsiyaga oid bo‘limiga ishora qildi.

 

Xabarda qayd etilishicha, ushbu chaqiriqlar jahon chempionati oldidan turnirda Ekvador o‘rnini egallashni istagan Chili terma jamoasiga qaratilgan.

 

Shuningdek, ekvadorlik muxlislar ham “Biz pivo istaymiz” deb hayqirgan. Avvalroq FIFA va JCH-2022 tashkilotchilari jahon chempionatining barcha stadionlarida alkogolli pivo sotishni taqiqlagan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика