1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qattiqqo‘llik emas, donolik muhim” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk bor katta intervyu berdi.

“Qattiqqo‘llik emas, donolik muhim” — Saida Mirziyoyeva

 

 


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlarni amalga oshirish yondashuvi haqida to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, chuqur va keng ko‘lamli o‘zgarishlarga faqat qattiqqo‘llik bilan erishib bo‘lmaydi. Aksincha, buning uchun moslashuvchanlik, vaziyatni his qila bilish va donolik zarur.


Saida Mirziyoyevaning aytishicha, prezident davlat boshqaruvining barcha bosqichlaridan o‘tgan rahbar sifatida tizimni ichidan yaxshi biladi. Shu sababli u kutishni, sabr qilishni va ayni paytda yuqori maqsadlar qo‘yishni biladi. “Uning orzulari juda katta va ular faqat xalq bilan bog‘liq”, deya ta’kidladi u.


Intervyuda shaxsiy hayot va qadriyatlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Saida Mirziyoyeva prezidentning kuch-quvvat manbai Vatanga bo‘lgan muhabbat ekanini aytdi. Uning fikricha, aynan shu tuyg‘u davlat rahbarini tinimsiz ishlashga, qisqa vaqt ichida maksimal natijaga erishishga undaydi va islohotlar ortidagi asosiy ichki turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика