1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qibrayda 30 yillik daraxtlar kesildi: aholi norozilik bildirmoqda

Guvohlarning aytishicha, daraxtlarni kesishda hokimiyat vakillari bo‘lgan, ammo ruxsatnoma taqdim etilmagan.

Qibrayda 30 yillik daraxtlar kesildi: aholi norozilik bildirmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Kibray tumani, Botanika mahallasida tushirilgan video tarqaldi. Unda yoshi 30 yil va undan ham katta bo‘lgan daraxtlarning ommaviy tarzda kesilayotgani aks etgan. Guvohlarning aytishicha, voqea joyida militsiya xodimlari va tuman hokimi bo‘lgan, biroq kesishga ruxsat beruvchi hujjatlar va rasmiy izohlar taqdim etilmagan.

 

Mahalla aholisi bu hududda yaqinda yangi daraxtlar ekilganini, muntazam sug‘orish va hududni tozalash ishlari olib borilganini ta’kidlashmoqda. Ammo bir necha soat ichida barcha daraxtlar kesilib, yashil hudud butunlay yo‘q qilindi.

 

Aholi voqeani to‘xtatishga harakat qilgan, lekin bunga erisha olmagan. Ular kesish ishlari hokimiyat topshirig‘i asosida olib borilayotgani aytilganini, ammo rasmiy farmoyish ko‘rsatilmaganini bildirishdi.

 

Mahalliy faollar voqea yuzasidan prokuratura va Ekologiya vazirligiga murojaat qilgan, ammo ularning aytishicha, biror vakil voqea joyiga kelmagan. Hozircha rasmiy idoralar tomonidan holat yuzasidan izoh berilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика