Holat 29 sentyabr kuni soat 16:00 larda Qibray tumani “O‘nqo‘rg‘on” MFY hududida sodir bo‘lgan. 2005 yilda tug‘ilgan yigit “Vaz 2103” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi 2 ta transport vositasini quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi “Zil” bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng, “Vaz 2103” rusumli transport vositasi “DAMAS” va “Jentra” avtoulovlariga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH natijasida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Har to‘rttala transport vositalari texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


